» » “Inter” Lionel Messiga 260 mln yevrolik shartnoma taklif qilmoqchi

“Inter” Lionel Messiga 260 mln yevrolik shartnoma taklif qilmoqchi


Milanning “Inter” klubi 2021-yilning yozida “Barselona” hujumchisi Lionel Messini sotib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport’ga tayanib Marca xabar qilmoqda.

“Inter” rahbariyati argentinalik futbolchiga qiymati 260 million yevrolik to‘rt yilga mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi. Shu tariqa Messi yiliga 65 million yevro maosh olishi mumkin.

Avvalroq Messi 2021-yilda milanliklar safiga o‘tishi mumkinligi borasida xabarlar yangragan, “Inter” vakillari esa mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgandi.

Mavzuga doir: Lionel Messi “Inter”ga o‘tadimi? Antonio Konte javob berdi

“Inter” argentinalik futbolchining olib kelinishi jamoa imijiga qay darajada foyda keltirishini yaxshi anglab turibdi. Leoning transferi homiylar va reklamalarning ko‘payishiga xizmat qiladi. Shu sabab klub unga katta maosh to‘lashdan qo‘rqmayapti.

Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Tomonlar hozircha yangi kelishuv borasida biror qarorga kelmadi.

Joriy mavsum Messi “Barselona” safida La Ligada 33 o‘yin o‘tkazib, 25 gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U Primerada 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi to‘purari va assistentiga aylandi.

Lionel Messining “Real” darvozasiga “Kamp Nou”da urgan 10 ta goli (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют