» » Alisher Usmonov Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi tez tibbiy yordam xodimlari uchun 100 mlrd so‘m taqdim etdi

Alisher Usmonov Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi tez tibbiy yordam xodimlari uchun 100 mlrd so‘m taqdim etdi


Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi tez tibbiy yordam xodimlariga bir martalik rag‘batlantirish puli sifatida to‘lash uchun 200 milliard so‘m ajratildi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” xabar berdi.

Ajratilayotgan mablag‘ning 100 milliard so‘mi Prezidentning 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq davlat budjetidan ajratildi.

Shuningdek, rossiyalik milliarder Alisher Usmonov tomonidan qo‘shimcha ravishda 100 milliard so‘m homiylik xayriyasi ajratildi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda respublikaning sog‘liqni saqlash tizimida 52 mingdan ortiq tez tibbiy yordam xodimlari (shifokorlar, o‘rta tibbiyot xodimlari va haydovchilar) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hukumatning 30-iyuldagi “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tez tibbiy yordam xodimlariga beriladigan bir martalik to‘lovlar miqdori tasdiqlandi.

Qarorda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qo‘shayotgan ulkan hissalari va Qurbon hayiti munosabati bilan tez tibbiy yordam xodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi:

Avvalroq Prezidentning yuqorida qayd etilgan farmoniga asosan Qurbon hayiti arafasida O‘zbekistondagi 652 ming oilaga moddiy yordam ko‘rsatilishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют