» » Navoiy viloyati hokimi koronavirusga chalingan. Avvalroq Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Buxoro rahbarlarida ham COVID-19 aniqlangan edi

Navoiy viloyati hokimi koronavirusga chalingan. Avvalroq Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Buxoro rahbarlarida ham COVID-19 aniqlangan edi


Toshkent shahrida davolanayotgani ma’lum qilingan Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov koronavirusga chalingan. Bu haqda “Daryo”ga Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Dilshod Mamarajabov ma’lum qildi.

Navoiy viloyati hokimligi 31-iyul kuni viloyat rahbari Qobul Tursunov so‘nggi to‘rt kundan beri Toshkentda davolanishda ekani haqida xabar bergan, biroq uning aynan qaysi kasallikdan davolanayotganiga aniqlik kiritmagan edi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati vakili “Daryo” muxbiri bilan suhbatda viloyat rahbari koronavirus infeksiyasidan davolanayotganini tasdiqladi. Qayd etish joiz, Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati viloyat hokimi darajasidagi rahbarning koronavirusga chalingani haqidagi axborotni yashirmay, oshkor qilgan yagona rasmiy manba bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir:

Bungacha Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov koronavirusga chalingani tasdiqlangan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, u sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovda ham koronavirus infeksiyasidan davolanayotgani haqida xabar berilgan edi. 29-iyul kuni O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir:

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 31-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra jami 23 558 kishida koronavirus aniqlangan. Shundan 13 680 nafari sog‘aygan, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 137 kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan (“Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 143 nafarni tashkil etmoqda). Ayni vaqtda 9741 nafar bemor davolanayotgan bo‘lib, ulardan 617 nafarining ahvoli og‘ir, shundan 181 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют