» » Volkswagen Caddy modelini ikki metrli karavotga ega g‘ildiraklar ustidagi uyga aylantiradi

Volkswagen Caddy modelini ikki metrli karavotga ega g‘ildiraklar ustidagi uyga aylantiradi


Volkswagen kompaniyasi Mini-Camper nomini oluvchi modifikatsiyaga uchragan yangi Caddy modelini taqdim etdi. Mazkur yangi model sayohat uchun barcha zaruriy narsalar hamda ikki metrli karavot bilan jihozlanadi, deb xabar qiladi Motor.

Caddy bazasidagi g‘ildiraklar ustidagi uy o‘lchami jihatidan California va Grand California orasidagi modelga aylanadi. Yangi model panoramali tom qismiga ega bo‘lib, uni zarurat tug‘ilsa qoraytirib qo‘yish mumkin. Shuningdek, mashina bir qator elektron assistentlar jamlanmasiga ega bo‘lgan. Xususan, Travel Assist “kruiz-kontrol” va tirkama yordamida orqaga yurishni osonlashtiruvchi Trailer Assist, bundan tashqari, eshik ochilganida orqa tarafdan boshqa mashinaning yaqinlashayotgani to‘g‘risida xabar beradigan funksiyalar bilan jihozlangan.

VW Caddy Mini-Camper’ga 75, 102 va 122 ot kuchiga ega 2,0 litrli dizel dvigatellari o‘rnatiladi. Muqobil variant sifatida 116 ot kuchiga ega benzin motor ham taklif etiladi. Uzatmalar qutisi — olti pog‘onali “mexanika” yoki yetto pog‘onali DSG “robot”.

Volkswagen Caddy’ning yangi avlodi 2020-yilning fevralida taqdim etilgan bo‘lib, bu so‘nggi 16 yil ichidagi eng keng ko‘lamli modelga aylandi.

Mavzuga doir: Volkswagen katta elektrokrossover ishlab chiqarishni boshladi

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 27-iyul kuni Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi. Mamlakat bozori uchun avtomobil uch xil ko‘rinish va komplektatsiyada taqdim etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют