» » Abdulaziz Komilov Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi


2017-yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 8-raundi doirasida tashqi siyosat boshqarmalari rahbarlari tomonidan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnika, sayyohlik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlar holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda aksariyat dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, shuningdek yetakchi xalqaro tashkilot va institutlar, birinchi navbatda, BMT va Islom hamkorlik tashkiloti doiralaridagi aloqalarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha har ikkala mamlakat pozitsiyalarining o‘xshash va muvofiqligini tasdiqladi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, vazirlar Ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladi.

Tadbirlarda Turkiya elchisi Ahmet Bashar Sheen ishtirok etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют