» » “Manchester Siti” 43 million yevroga niderlandiyalik himoyachini sotib oladi

“Manchester Siti” 43 million yevroga niderlandiyalik himoyachini sotib oladi


“Bornmut” himoyachisi Natan Ake “Manchester Siti”ga o‘tishi kutilmoqda.

The Guardian jurnalisti Fabritsio Romanoga ko‘ra, “shaharliklar” Natan Ake transferi uchun 43 million yevro (taxminan, 39 million funt) berishga tayyorligini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, bitimni yakuniga yetkazish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish qolgan, xolos.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olishda muammolar paydo bo‘lgach, 25 yoshli Ake transferiga to‘xtalishga qaror qilgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ake “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u “Bornmut” safida Premyer Liganing 29 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

“Bornmut” esa mavsum yakunlariga ko‘ra, Premyer Ligani tark etdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют