» » Tramp AQShda prezidentlik saylovlari sanasini ko‘chirish borasidagi pozitsiyasini o‘zgartirdi

Tramp AQShda prezidentlik saylovlari sanasini ko‘chirish borasidagi pozitsiyasini o‘zgartirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi chiqishi vaqtida noyabr oyida o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarini ko‘chirishni istamasligini ma’lum qildi.

“Ortga surishni istamayman. Noyabrda saylovlarni o‘tkazishni xohlayman. Shuningdek, natijalarni uch oy kutib, keyin esa pochta orqali yuborilgan byulletenlar yo‘qolib qolgani va saylovlar hech qanday ahamiyatga ega emasligini kutishni ham istamayman”, — deydi Amerika yetakchisi.

Shu bilan birga, Tramp oldingidek pochta orqali ovoz berishda millionlab byulletenlar muammo yuzaga keltirishi mumkinligidan xavotirda ekanligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov natijalari pochta orqali ovoz berilishi sabab “hafta, oy yoki hatto yillardan” keyin ma’lum bo‘lishi mumkin. “Sanani o‘zgartirishni xohlaymanmi? Yo‘q, biroq nohaq saylovlarni ko‘rishni ham istamayman”, — deydi Tramp.

Avvalroq Tramp 2020-yilning 3-noyabrida o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlari qoldirilishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Bunga u pandemiyaning ikkinchi to‘lqini va boshqa davlatlarning pochta orqali o‘tkaziladigan saylovlarga aralashuvi xavfini sabab qilib ko‘rsatgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida amerikaliklarning qariyb yarmidan ko‘pi Tramp 2020-yilgi saylovlarda g‘olib bo‘lishiga ishonishi, Oq uy Trampga qarshi bo‘lganlarning ro‘yxatini tuzmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют