» » O‘zbekistonda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

O‘zbekistonda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi


Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan va Samarqand viloyatlarida yashovchi 18 nafar shaxsdan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, deb “Daryo”ga xabar berdi DXX.

Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatlariga kiritilgan dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi mazkur guruh a’zolaridan qora bozor narxida umumiy qiymati 3,2 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan 28 560 dona “Tramadol” tabletkasi, 7000 dona “Tropikamid” flakoni, 35 700 dona “Lirika”, 3 920 dona “Regapen” va 5 600 dona “Perge” kapsulalari musodara qilindi. Shuningdek, 4 300 AQSh dollari protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

Jinoyat quroli sifatida 1 ta Malibu, 3 ta Lacetti va 1 ta Nexia avtomashinalari olib qo‘yildi.

Guruh a’zolari 1977—1994-yillar oralig‘ida tug‘ilgan fuqarolar bo‘lib, ulardan 2 nafari ayol hamda 5 nafari muqaddam sudlangan shaxslar. Ta’kidlanishicha, ushbu dori vositalari asosan Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga olib kirilgan.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют