» » Apple yangi iPhone tadqimotini boshqa sanaga ko‘chirdi

Apple yangi iPhone tadqimotini boshqa sanaga ko‘chirdi


Apple kompaniyasining yangi mahsulotlari taqdimoti sentabr oyidan boshqa sanaga ko‘chiriladi. Bu haqda kompaniya moliyaviy direktori Luka Maestriga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iPhone’larning yangi avlodi taqdimoti odatdagidan “bir necha hafta keyinroq” bo‘lib o‘tadi. Maestrining ta’kidlashicha, kompaniya smartfonlarni oktabrda taqdim etish niyatida.

Shuningdek, Apple 27-iyul kuni yakunlangan 2020-moliyaviy yilning uchinchi choragi bo‘yicha o‘z ko‘rsatkichlarini taqdim etdi. O‘tgan chorak davomida kompaniya daromadi 59,7 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu 2019-yilning shu davriga nisbatan 11 foizga ko‘p demak. Uchinchi chorakda Apple’ning sof daromadi 12 foizga ortib, 11,253 milliard dollarga yetgan.

Chorak davomida aksiyalar uchun sof foyda 2,58 dollarni tashkil etgan — 18 foiz o‘sish. Xalqaro savdolar esa chorak daromadining 60 foizini tashkil etgan.

Maestrining qayd etishicha, iyun oyidagi natijalar Apple og‘ir damlarda ham innovatsiyani joriy etish qobiliyatiga egaligini isbotlab bergan. “Ushbu chorakda biz aksiyalarning sof foydasini 18 foizga, sof daromadni esa 16,3 milliard dollarga qadar oshirishga erishdik — ikkala holatda ham rekord ko‘rsatkichlar”, — deydi kompaniya moliyaviy direktori.

Avvalroq Jon Prosser ismli insayder Apple kompaniyasi koronavirus sabab sakkiz yildan beri birinchi bor yangi iPhone modellari taqdimotini sentabr oyidan boshqa sanaga ko‘chirishga majbur bo‘lgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют