» » Topshirgan loviyasi uchun 125 million so‘mni ololmayotgan chustlik fuqaro IIBga arz qildi

Topshirgan loviyasi uchun 125 million so‘mni ololmayotgan chustlik fuqaro IIBga arz qildi


Chust tumanining Og‘asaroy shaharchasida yashovchi Diyorbek Nurmatov (ism-shariflar shartli) topshirgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari haqini ololmayotganidan shikoyat qilib, ichki ishlar idoralariga murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB xabar berdi. 

Arizachiga ko‘ra, o‘tgan yilning dekabr oyida Namangan tumanida yashovchi tanishi Rustam Qayumov undan 29 tonna loviyani 125 million so‘mga sotib olib, bir haftada pulini to‘lab berishni va’da qiladi. Biroq shu kungacha aldab, pulni bermay kelgan. 

Tuman IIB tomonidan mazkur holat bo‘yicha “Firibgarlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘aldi. R. Qayumov tilxat bilan ochiqlikda qoldirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 11:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют