» » FIFA sobiq prezidenti: “Janni Infantino lavozimidan chetlatilishi kerak”

FIFA sobiq prezidenti: “Janni Infantino lavozimidan chetlatilishi kerak”


FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning ayni damdagi rahbari Janni Infantinoni lavozimidan bo‘shatish kerakligini aytdi.

“Shaxsan men uchun vaziyat ayon. FIFA etika qo‘mitasi Infantinoga nisbatan ish ochishi kerak, shunga yarasha, u lavozimidan olinishi kerak”, — deydi Blatter.

Avvalroq Shveysariya prokuraturasi Infantinoga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘agani ma’lum bo‘lgandi. 50 yoshli funksioner mamlakat sobiq bosh prokurori bilan maxfiy uchrashuvlar o‘tkazganlikda gumon qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Infantino 2016-yilning fevralidan buyon FIFA prezidenti hisoblanadi. Undan avval rahbarlik lavozimida Blatter faoliyat yuritgan va korrupsiyaga oid ishlar sabab lavozimni tark etgandi.

Mavzuga doir: Yozef Blatter: “Infantino juda takabbur. U futbolni katta pul mashinasiga aylantirmoqchi”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют