» » O‘zbekistonda muhtoj oilalarga ajratilgan bir martalik yordam puli nima uchun naqd pul shaklida tarqatilayotganiga izoh berildi

O‘zbekistonda muhtoj oilalarga ajratilgan bir martalik yordam puli nima uchun naqd pul shaklida tarqatilayotganiga izoh berildi


O‘zbekiston Prezidenti farmoni va hukumatning farmoyishiga asosan mamlakatdagi ehtiyojmand oilalarga respublika budjetidan naqd pul shaklida bir martalik yordam puli tarqatilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Akmalxon Ortiqov to‘lovlar nima sababdan naqd pul ko‘rinishida amalga oshirilayotganiga izoh berdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar qildi.

Vazir o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, joylarda ehtiyojmand aholining holidan xabar olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim holatlarda oziq-ovqat to‘plami yoki dori-darmon shaklida yetkazib berilayotgan moddiy yordamni tarqatishda kamchiliklar uchramoqda. Hamma mas’ullar ham bu masalaga vijdon bilan yondashmayotgani uchun Qurbon hayiti arafasida ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullarini ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalarga naqd pul shaklida tarqatish to‘g‘risida topshiriq berilgan.

Moddiy yordam pullari viloyat darajasida moliyalashtirilganidan keyin 4 ta sektor rahbari — viloyat hokimi, prokurori, IIB va soliq boshqarmasi boshliqlari mutasaddi idoralar tomonidan shakllantirilgan ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlari asosida naqd pullarni bankdan oladi. Shundan so‘ng rahbarlar pullarni o‘zlariga bo‘ysunadigan sektor rahbarlariga topshiradi va mazkur jarayonda viloyatdagi sektorlarning rahbarlari shaxsan ishtirok etadi.

“Pullarni qaysidir bir idoraning kichik xodimi yoki kassiriga ishonib topshirib qo‘yganmiz yo‘q. Davlatning vakolatli odamlariga ishonib topshirildi bu pullar”, — deya ta’kidlagan Akmalxon Ortiqov.

Uning ta’kidlashicha, yordam pullari o‘z egalariga yetkazilgani, o‘rta yo‘lda kimlardir ularni o‘zlashtirib yubormasligini nazorat qilish ham tegishli organlarga yuklatilgan. Agarda ajratilgan pul muhtoj oilalar ro‘yxatiga kiritilgan kimlargadir yetmay qolsa, qo‘shimcha ravishda pul yetkazib berish ko‘zda tutilmoqda.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra pullar sektor rahbarlari tomonidan alohida konvertlarda tarqatilmoqda. Konvertlarda oila boshlig‘ining ism-sharifi va ajratilgan pul miqdori yozib qo‘yilgan. Kimga qancha berilgani to‘lov qaydnomasida ham qayd etib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 30-iyuldagi farmoniga muvofiq pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”ga) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilaga respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam puli beriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga Qurbon hayiti arafasida 1 million so‘mdan moddiy yordam tarqatildi.

Mavzuga doir: Alisher Usmonov Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi tez tibbiy yordam xodimlari uchun 100 mlrd so‘m taqdim etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют