» » Syurixda ulkan qor odamini yoqishdi va portlatishdi (video)

Syurixda ulkan qor odamini yoqishdi va portlatishdi (video)


24-aprel kuni Shveysariyaning Syurix shahrida Sechsel?uten deb nomlangan an’anaviy bayramni nishonlashdi, deb yozadi TJournal. Tantanalar ulkan qor odam qiyofasidagi qo‘g‘richoqni yoqish bilan yakunlandi, bu qish tugaganining ramzidir.

Qor odamni ustunga o‘rnatishdi va unga portlovchi snaryadlarni solishdi. An’anaga ko‘ra, qor odam qanchalik tez portlasa, yoz shunchalik yaxshi keladi.

Bu safar qor odamining boshi 9 daqiqa-yu 56 soniyada portladi va yoz issiq kelishidan darak berdi. Qor odam 2003-yilda eng tez portlagan edi — 5 daqiqa 42 soniya. 2016-yilda portlashni 43 daqiqa-yu 34 soniya kutishgan. Ammo shunga qaramay, o‘tgan yoz issiq va quruq bo‘ldi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют