» » Qarshi shahriga avtomobilda kirish-chiqishga 3-avgustdan boshlab qaytadan ruxsat beriladi

Qarshi shahriga avtomobilda kirish-chiqishga 3-avgustdan boshlab qaytadan ruxsat beriladi


Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 27-iyuldan boshlab yopilgani, 15-avgustga qadar shaharda barcha avtomobillar harakati cheklangani haqida xabar berilgandi.

Qashqadaryo viloyati maxsus komissiyasining ma’lum qilishicha, 27-iyuldan boshlab joriy qilingan cheklovlarga bir qator o‘zgarishlar kiritildi.

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, 3-avgustdan boshlab avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga, shuningdek, Qarshi shahriga kirish-chiqishga faqatgina kunning muayyan vaqtida — soat 07:00 dan 10:00 gacha va 18:00 dan 21:00 gacha tegishli hudud doirasida harakatlanishiga ruxsat beriladi. Bunda avtomobillar harakatiga fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun ruxsat etiladi.

Yo‘nalishsiz taksilar soni hozirgi paytga nisbatan 2 barobarga ko‘paytiriladi va butun sutka davomida harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish talab etiladi.

Viloyat maxsus komissiyasi qarorida keltirilgan cheklovlar maxsus ruxsatnomalar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining 8-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan ayrim toifadagi avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari 2020-yilning 15-avgustiga qadar uzaytirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют