» » Avstraliyada dunyodagi eng uzun bo‘yli jirafa Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Avstraliyada dunyodagi eng uzun bo‘yli jirafa Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi


Avstraliya hayvonot bog‘ida dunyodagi eng baland bo‘yli jirafa sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan jonzot yashaydi. Jirafa bo‘yining balandligi 5,5 metrga teng, deb xabar beradi Upi.

Irvin Bindi oilasi Kvislend shtatidagi Birva shahrida joylashgan hayvonot bog‘iga egalik qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ular Forrest laqabli jirafa rasman dunyodagi eng baland bo‘yli jirafa deya tan olinganini ma’lum qildi.

“Qadrdonimiz Forrest eng baland jirafa sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Bo‘ydor yigitimiz bilan faxrlanamiz, uning ulkan va mehribon yuragi bor”, — deb yozadi Irvin.

Forrest jirafalarni ko‘paytirish dasturi ishtirokchisi hisoblanadi. U hozirga qadar 20 ta jirafaning otasiga aylangan. Yaqin kunlarda uning yana bir bolasi dunyoga kelishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Keniyada brakonyerlar ikkita kamyob oq jirafani otib o‘ldirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют