» » Video: Sergelida aholi va mahalla ma’muriyati o‘rtasida 1 mln so‘mlik naqd pul yordami ustida yuzaga kelgan mojaro

Video: Sergelida aholi va mahalla ma’muriyati o‘rtasida 1 mln so‘mlik naqd pul yordami ustida yuzaga kelgan mojaro


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Sergeli tumani “Humo” mahallasida naqd pul shaklidagi bir martalik yordam puli masalasida mahalla aholisi va ma’muriyati o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatli holat aks etgan videoyozuv tarqaldi.

Videoyozuvlarning birida aholi vakillari “Humo” mahallasi ma’muriyatini yordam pulini bermayotganlikda ayblagan, yordam puli so‘rab kelganlarga mahalla ma’muriyati bankdan kredit olishni tavsiya qilayotgani ta’kidlangan. Yana bir videoda ichki ishlar organlari xodimlari mahalla ma’muriyati vakillarini norozi aholidan himoya qilishga urinayotgani, bu orada mahalla ma’muriyati vakillari va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida ham nizo yuzaga kelganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 30-iyuldagi farmoniga muvofiq pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”ga) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilaga respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam puli berilishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga Qurbon Hayiti arafasida 1 million so‘mdan moddiy yordam tarqatilishi ta’kidlangan edi.

Ushbu yangiliklar yuzasidan izoh berarkan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Akmalxon Ortiqov: “Pullarni qaysidir bir idoraning kichik xodimi yoki kassiriga ishonib topshirib qo‘yganmiz yo‘q, davlatning vakolatli odamlariga ishonib topshirildi bu pullar”, degandi. U oziq-ovqat to‘plami yoki dori-darmon shaklida moddiy yordam tarqatishda kamchiliklar uchragani, “hamma mas’ullar ham bu masalaga vijdon bilan yondashmayotgani” uchun, bir martalik moddiy yordam pullarini naqd pul shaklida tarqatishga qaror qilinganini aytib o‘tgan edi.

Qayd etish joiz, Sergeli tumani “Humo” mahallasi 2020-yil bahoridagi karantin vaqtida ham aynan moddiy yordam masalasi sabab OAVda tilga olingan edi. O‘shanda Mahalladagi ko‘p qavatli 26-uyda yashaydigan 32 oila (ushbu oilalarda nogironligi bor fuqarolar yashagan) yordamga muhtoj ekani, karantin boshlanganidan beri ulardan xabar olinmagani haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) yozib chiqqach, ushbu xonadonlarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari yetkazib berilgan edi. Ushbu holatni izohlarkan, Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Oygul Sattorova “kam ta’minlangan oilalar ko‘pligi uchun xayriya yordamlari yetib borishi biroz qiyin kechayotgani”ni ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir: Sergelida muhtoj oilalar uchun yig‘ilgan mablag‘larning 95 mln so‘mdan ortig‘i mansabdorlar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 03:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют