» » Viloyat hokimlari nima uchun Toshkentda davolanadi?

Viloyat hokimlari nima uchun Toshkentda davolanadi?


Buxoro viloyati hokimligining matbuot xizmati viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovning nima uchun Toshkentdagi shifoxonada davolanayotganiga izoh berdi.

“Buxoro viloyati hokimining Toshkentdagi shifoxonada muolaja olayotganligi ijtimoiy tarmoqlarda turli munozalarga sabab bo‘lmoqda. Xo‘sh, nega Karim Kamolov viloyatda emas, poytaxt shifoxonasida davolanyapti, bu holat viloyatdagi shifokor-mutaxassislarga ishonchsizlik emasmi, mazmunidagi savollar o‘rtaga tashlanmoqda.

Viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Narziyevning ma’lum qilishicha, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda 2020-yilning 25-iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Shu kundan boshlab viloyat rahbari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida muolaja olishni boshlagan. Agar Karim Kamolov mahalliy shifokorlar va shifoxonalarga ishonchi bo‘lmaganida o‘sha zahotiyoq poytaxtga borgan bo‘lardi!”, – deyiladi xabarda.

Hokimlik axborotida O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimlari hukumat qoshidagi tibbiyot bosh boshqarmasi ro‘yxatida turib, zarur holatlarda tibbiy diagnostika qilish, davolash, umuman olganda, ularning salomatligini muhofaza qilish mazkur boshqarma zimmasida ekani eslatilgan.

“Shunga muvofiq, ushbu Tibbiyot bosh boshqarmasining talabiga ko‘ra, Karim Kamolov 29-iyul kuni davolash muolajalarini davom ettirish uchun Toshkent shahridagi klinikaga ko‘chirib o‘tkazildi. Viloyat hokimi o‘tgan 3 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini o‘tamoqda. Hozirda Karim Kamolovning ahvoli yaxshi. U yaqin kunlarda to‘liq tuzalib, o‘z faoliyatini davom ettiradi”, – deya xabar qilgan Buxoro viloyati hokimligining matbuot xizmati.

Karim Kamolovdan tashqari Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovda koronavirusga chalingani tasdiqlangan (Surxondaryo hokimi ham Toshkentda davolanmoqda). 31-iyulda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etgan, 30-iyulda uning ahvoli og‘ir deb baholangan va sun’iy nafas olish apparatiga ulangani aytilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Yerniyozovning vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘llagan.

Navoiy viloyati hokimligi 31-iyul kuni viloyat rahbari Qobul Tursunov so‘nggi to‘rt kundan beri Toshkentda davolanishda ekani haqida xabar bergan, biroq uning aynan qaysi kasallikdan davolanayotganiga aniqlik kiritmagandi. Keyinchalik Tursunovning koronavirusga chalingani va Toshkent shahrida davolanayotgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovda ham koronavirus infeksiyasidan davolanayotgani haqida xabar berilgan edi. 29-iyul kuni O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют