» » Madam Tyusso muzeyining mum haykallari ko‘chaga chiqarib qo‘yildi (foto)

Madam Tyusso muzeyining mum haykallari ko‘chaga chiqarib qo‘yildi (foto)


Londondagi Madam Tyusso muzeyining mumdan ishlangan eng yorqin haykallari ko‘chaga chiqarib qo‘yildi, deb yozadi Daily Mail.

Muzey tashqarisiga chiqarilgan haykallar orasidan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II, shahzoda Garri hamda uning turmush o‘rtog‘i Megan Markl, AQSh prezidenti Donald Tramp, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, qo‘shiqchilar Teylor Svift va Beyonse hamda Gollivud aktyori Dueyn Jonson o‘rin olgan.

Haykallar ijtimoiy masofalanishga rioya qilingan holda joylashtirilgan, ayrimlariga hatto himoya niqoblari ham taqilgan.

Shu orqali dunyoga mashhur galereya yana bir bor karantindan so‘ng ochilganini ma’lum qilgan. Madam Tyusso muzeyi 20-mart kuni koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan edi.

Mavzuga doir: Madam Tyusso muzeyidagi Bollivud yulduzlarining aslidan farq qilmaydigan mum haykallari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют