» » Alphabet kompaniyasi AQShda avtopilot yordamida boshqariluvchi taksilarda yo‘lovchilar tashiy boshladi

Alphabet kompaniyasi AQShda avtopilot yordamida boshqariluvchi taksilarda yo‘lovchilar tashiy boshladi


Alphabet xoldingi tarkibiga kiruvchi Waymo kompaniyasi Finiks shahrida (Arizona shtati) avtopilot yordamida boshqariluvchi mashinalarida sinov rejimida yo‘lovchilar tashiy boshladi. Bu haqda Waymo rasmiy saytida chop etilgan bayonotda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

Kompaniya ma’lum qilishicha, mahalliy aholidan iborat ko‘ngillilarga sinov dasturida qatnashish taklif qilingan. Ular mobil qurilmalaridagi maxsus dastur yordamida Waymo’ning kompyuter yordamida boshqariluvchi avtomobillaridan birini chaqirish va undan kun davomida taksi sifatida tekin foydalanishi mumkin.

Hozirgi paytda ko‘ngillilar shaharning faqat bir nechta tumanida harakatlanmoqda. Waymo mutaxassislari avtomobillarni mukammallashtirish uchun sinov dasturi qatnashchilari fikrlarini inobatga olmoqda. Mashinalarda kutilmagan hodisalarning oldini olish uchun hozircha haydovchilar bor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют