» » “Koronavirusda osma ukol olish zararli va o‘lim xavfini oshiradi” — ekspert

“Koronavirusda osma ukol olish zararli va o‘lim xavfini oshiradi” — ekspert


Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva COVID-19 bilan kasallanganlar bemorlar shifokorlar bilan maslahatlashmasdan osma ukol olayotgani ularning ahvolini yanada og‘irlashishiga sababchi bo‘layotganini ma’lum qildi.

“Odamlar ‘Oldin shamollaganimda osma ukol (kapelnitsalar) olgandim, yana bir marta olsam, o‘tib ketadi deb o‘yladim’ deyishadi. Kasallikning 6-7-kuniga borib, ularning ahvoli og‘irlashishni boshlayapti. Tomografiyaga tushishyapti, o‘pkaning jarohatlangani, suv yiqqanini ko‘rishyapti. Bu davrda endi biz ambulator sharoitda yordam berolmaymiz. Osma ukollardan keyin, kasallikning 5-6-kunida o‘pka suyuqlik yig‘ishni boshlayapti, o‘pka shishi kelib chiqyapti. Hozirgi kunda o‘layotgan bemorlarning hamma tashxisini ko‘ring: o‘pka shishishi! Bular o‘z-o‘zidan kelib chiqmayapti. Hammasi osma ukol ta’siri”, — deydi ekspert.

Shuningdek, Sevara Ubaydullayevaning ta’kidlashicha, bemorlar buyragi suyuqlikni chiqarib tashlashga ulgurmayapti. Bu yurak qobig‘ida ham suyuqlik yig‘ilishiga olib kelishi, jigarni ishdan chiqarishi mumkin.

“Osma ukol olishdan avval, albatta, shifokor bilan maslahatlashing. Odamlar osma ukollardan voz kechsa, O‘zbekistonda o‘lim ko‘rsatkichi kamayardi”, — deydi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi.

Avvalroq koronavirus yengil kechayotgan bemorlarga ko‘p dori tayinlash o‘rinsiz ekani ta’kidlangandi.

Mavzuga doir:

Avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova venaga tomchilatib qilingan ukollar (kapelnitsalar) qilish muolajalari natijasida nafaqat o‘pkada zotiljam, balki suyuqlikning birdaniga ko‘p miqdorda yuborilishi oqibatida o‘pka shishishi holatlari ham ko‘p kuzatilayotganini qayd etgandi. Antibiotik va virusga qarshi preparatlarni bilib-bilmasdan qabul qilish orqali organizmga befoyda ta’sirini qo‘zg‘ash, asoratlariga uchrab qolish xavfini yuzaga keltirishi yana bir bor ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 5-iyuldan boshlab koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkinligi, shifoxonalar va uyda davolanayotgan kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarilishi, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etilishi xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют