» » Ronaldinyo avgust oyida uy qamog‘idan ozod qilinishi mumkin

Ronaldinyo avgust oyida uy qamog‘idan ozod qilinishi mumkin


“Barselona” va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ronaldinyo Paragvaydagi to‘rt oylik uy qamog‘idan so‘ng ozodlikka chiqarilishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, tergov 90% ga yakunlangan. Prokuratura pul “yuvish” yoki Ronaldinyoning uyushgan jinoyatchilikka aloqasi borligi to‘g‘risida ayblov e’lon qilmagan.

Ronaldinyo va u bilan birga bo‘lib turgan akasiga aybni tan olish va jarima to‘lash evaziga ishni tugatish taklif qilinishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Ronaldinyoning advokatlari avgust oyida aka-ukalarni ozod qilish ustida jiddiy ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshlarida 40 yoshli braziliyalik akasi bilan Paragvay hududiga soxta pasport bilan kirganligi uchun hibsga olingandi. Shundan keyin ular 32 kun davomida qamoqda saqlandi. Hozirda aka-uka Asunsyondagi mehmonxonada uy qamog‘ida bo‘lib turibdi.

Ronaldinyoning “Barselona” safida eng esda qolarli 10 ta vaziyatini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют