» » “Chinozlik Ahmadboy” ustidan hukm chiqargan sudya vafot etdi. U koronavirusga chalingan edi

“Chinozlik Ahmadboy” ustidan hukm chiqargan sudya vafot etdi. U koronavirusga chalingan edi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etdi. Bu haqida, Sudyalar oliy kengashiga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Toshkent viloyat sudi sudyasi Shermuhamedov 31-iyul kuni vafot etgan. Ta’kidlashlaricha, u koronavirusga chalingan va kasalxonada davolanayotgan edi.

“Sudyalar oliy kengashi marhumning oila-a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qilgan”, — deyiladi xabarda. Qayd etish joiz, ushbu o‘lim holati haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) tomonidan ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun: SSV hisobi bo‘yicha, 1-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 143 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan. Hozirgacha SSV tomonidan tasdiqlanmagan, biroq Davlat xizmatlari agentligi (bitta holat), Madaniyat vazirligi (bitta), Olmaliq shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi (ikkita), Bosh prokuratura (bitta), SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi (bitta) tomonidan e’lon qilingan yana oltita o‘lim holati bor; Sudyalar oliy kengashi tomonidan tasdiqlangan sudya Shermuhamedov bilan bog‘liq holat ham hisobga olinsa, “Daryo” hisobi bo‘yicha hozirgacha O‘zbekistonda rasman 150 kishi vafot etgan.

Xayriddin Shermuhamedov “Ahmadboy ishi”ni ko‘rgan va 2020-yilning fevralida unga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari (eski tahrirdagi) bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida hukmni e’lon qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 101) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют