» » Apple dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Apple dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi


Apple kompaniyasining aksiyalari NASDAQ birjasining 31-iyuldagi savdolarida 7,1 foizga oshgan va bitta aksiya narxi 412 dollarga yetgan. Texnologik kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari yangi tarixiy natijani qayd etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Apple’ning kapitalizatsiya qiymati 1,786 trillion dollarni tashkil qilgan va shu tariqa dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylangan. Avvalroq 1,76 trillion dollar kapitalizatsiya qiymati bilan Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi dunyodagi eng qimmat kompaniya bo‘lib turgandi.

Apple’ning aksiyalari narxi 2020-yil ikkinchi choragidagi muvaffaqiyatli hisobot fonida o‘smoqda. Kompaniya daromadlar va aksiyalarning daromadi bo‘yicha tahlilchilar prognozlaridan yuqoriroq natijaga erishdi.

2020-yilda Apple’ning aksiyalari investorlarning kompaniya istiqboli bo‘yicha ijobiy qarashlari fonida 32 foizga qimmatlashdi. Shu vaqtda Saudi Aramco’ning askiyalari neft narxi tushgani sababli 5,5 foizga arzonlashdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют