» » Turkiyadagi shifoxonada kasal farzandi bilan mushkul ahvolda qolgan yurtdoshimiz yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj

Turkiyadagi shifoxonada kasal farzandi bilan mushkul ahvolda qolgan yurtdoshimiz yaxshi insonlarning yordamiga muhtoj


“Daryo” tahririyatiga Shahnoza To‘xtayeva murojaat qilib, Turkiyaning Marmara universiteti davlat shifoxonasida davolanayotgan farzandi Shahzoda Javidovaga yordam so‘radi.

Men Shahnoza To‘xtayeva 41 yoshdaman. Toshkent shahri Yunusobod tumanida onam va ukalarim bilan birga yashayman. To‘qqiz oydan beri Turkiyaning Istanbul shahrida qizimni davolatib kelyapman. Hozir juda qiyin ahvolda qoldim. Shu sababli xayriya umidida sizlarga murojaat qilyapman.

Farzandim Shahzoda Javidova 8 yoshda. 2018-yildan buyon buyrak yetishmovchiligi xastaligi bilan og‘rib keladi. Har ikki buyragida ham buyrak tosh kasalligi tashxisi bilan Toshkentda ikki marta operatsiya qilingan, ammo natija bo‘lmadi. Qizim yana qayta kasal bo‘lib, og‘irlashganidan so‘ng qayta analiz topshirdik. Shifokorlar ko‘rib, qizalog‘imni Turkiyada davolatishimni aytishdi.

13 yilda ko‘rgan farzandim edi. Hech narsani o‘ylamay qizimni olib Turkiyaga keldim. Eng arzon va sifatli jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazadigan Marmara universiteti davlat shifoxonasida qayta tekshiruvdan o‘tdik. Shifokorlar qizingizning ahvoli og‘ir deb uchta operatsiya belgilab berishdi. Birinchi operatsiyasi uchun 17 ming dollar, ikkinchisi uchun 18 ming dollar va uchinchi eng muhimiga 55 ming dollar pul kerakligini aytishdi.

Afsuski menda buncha pul yo‘q edi. Lekin qizimning hayoti uchun hamma narsaga tayyor edim. Allohga tavakkal qilib, uyimdagi bor qo‘lga ilingan narsalarimni sotdim. Ukam mashinasini sotib berdi. Yetmaganiga xayriya tashkilotlaridan pul olib va saxovatli insonlarning yordami bilan ikkita operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdik.

Suyaklari o‘zidan zaharli modda ishlab chiqarib, buyragiga zarar berayotgani uchun uchinchisi ilik ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi edi. Yuqorida aytganimdek, bunga 55 ming dollar so‘rashgandi. Yordam so‘ramagan, oldiga bormagan odamim qolmadi. Yetarli pul topolmadim. Ammo menda buncha pul bo‘lmagani uchun 4 ming dollarga buyragiga apparat qo‘ydirib turdik.

Hozir Shahzodaning holatini ko‘rib, shifokorlar 18-avgustga operatsiya belgilab bergan.

Nima qilishni, shuncha pulni qayerdan olishni bilmay boshim qotgan. Har kuni Allohga yolvoraman. Mayli, meni jonimni ol, lekin bolajonimni qiynama, deb yig‘layman. Onani yaratmasin ekan. 13 yilda ko‘rgan farzandim edi. Turkiyaga kelganimizga 9 oy bo‘ldi. Musofirchilik juda qiyin ekan. Bolam qiynalib ketdik. Yaxshi insonlarning, saxovatpesha yurtdoshlarimizning yordamiga juda-juda muhtojman.

Biz barcha saxovatgo‘y yurtdoshlarimizdan shunday muborak kunlarda Shahzoda Javidovaning tuzalib ketishida o‘z yordamlarini ayamasliklarini so‘rab qolamiz.

Shahzoda Javidova uchun xayriya qilishni istaganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:

onasi Shahnoza To‘xtayeva nomida

Xalq banki (Uzcard) 8600 0604 6575 4019

VISA karta raqami:

Milliy bank: 4916 6400 7010 9739

Sberbank: 5469 7500 1463 6438

Tanishi Inom Yusupov nomida

Turkiya kartasi tanishi Shohista Sodiqova nomida

TR: 8600 0620 0066 5000 0668 5162

Shahnoza To‘xtayevaning pasport ma’lumotlari:

AA0009897

Turkiyadagi telefon raqami: 05357759919; 05369779261 (Telegram)

O‘zbekistondagi raqam: +998 90 941 52 64 (Shahnoza To‘xtayevaning onasi)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют