» » Xosep Gvardiola “Real”ga qarshi o‘yin haqida: “Buyuk klublar o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishga qodir”

Xosep Gvardiola “Real”ga qarshi o‘yin haqida: “Buyuk klublar o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishga qodir”


“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida “Real”ga qarshi kechadigan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Madriddagi uchrashuvda “shaharliklar” 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

“Biz birinchi o‘yinda yaxshi natijani qo‘lga kiritganmiz. Agar “Manchester Siti” ushbu natijaga qarab qoladigan bo‘lsa, keyingi bosqichga chiqishimiz qiyin bo‘lib qoladi. Bor e’tiborni jamlagan holda 95-daqiqagacha yetib borishimiz kerak.

O‘zimizda bor ustunlik haqida u qadar ko‘p o‘ylamasligimiz kerak. Bu qanday ustunlik ekanini bilamiz. Bunday buyuk klublar qarama qarshilik taqdirini o‘zgartirib yuborishga qodir, xuddi “Barselona” va “Bavariya” singari. “Real” Chempionlar Ligasiga ko‘nikib qolgan va bu yerda qanday o‘ynash kerakligini biladi”, — deydi Gvardiola.

“Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi o‘yin 7-avgust kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: Zinedin Zidan: Qanday qilib “Manchester Siti” haqida o‘ylamaslik mumkin?

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют