» » Buyragi transplantatsiya qilingan 59 yoshli ayol Toshkentda koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Buyragi transplantatsiya qilingan 59 yoshli ayol Toshkentda koronavirus asoratlaridan vafot etdi


Koronavirusga chalingan va qator hamroh kasalliklari bo‘lgan yana bir bemor ayol vafot etgani haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashagan 59 yoshli M.M. ismli ayolda 15-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan.

Ta’kidlash joizki, bemorda 2014-yil buyrak transplantatsiyasi amaliyoti bajarilgan bo‘lib, 2017-yilda ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtagan va u doimiy gemodializ olib yurgan.

Shuningdek, bemorda qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan. Ayolning qaysi kuni vafot etganiga SSV xabarida aniqlik kiritilmagan.

Biroz oldin SSV aynan shu shifoxona (Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasi)da 67 yoshli ayol koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobiga ko‘ra, 59 yoshli M.M. koronavirusning 145-qurboniga aylandi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 152 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют