» » Koronavirusga chalingan Toyloq tumani prokurori 58 yoshda vafot etdi

Koronavirusga chalingan Toyloq tumani prokurori 58 yoshda vafot etdi


Samarqand viloyatining Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

“Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi Samarqand viloyati, Toyloq tumani prokurori, adliya maslahatchisi Abduxoliqov Farhod Musinovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan ta’ziyada.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 1962-yilda tug‘ilgan Farhod Abduxoliqov bir haftadan buyon koronavirusdan davolanayotgan bo‘lgan. 1-avgust kuni esa hayotdan ko‘z yumgan.

Toyloq tumani prokurorining o‘limi bo‘yicha hozircha Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot berganicha yo‘q. 22-iyul kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston sobiq prokurori Hakimbay Xalimov 66 yoshda koronavirus asoratlaridan vafot etganini ma’lum qilgandi. Ammo bu holatni ham SSV shu vaqtgacha tasdiqlamagan.

SSV hisobi bo‘yicha hozirgacha koronavirusga chalingan 145 kishi vafot etgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha Toyloq prokurori koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan 153-bemor bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют