» » O‘zbekistonda yordam puli tarqatilishiga oid e’tirozli videolar tarqalmoqda. Mahalla vazirligi xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi

O‘zbekistonda yordam puli tarqatilishiga oid e’tirozli videolar tarqalmoqda. Mahalla vazirligi xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Ahror G‘ulomov Sergeli va Xorazmdagi moddiy yordam puli tarqatilishidagi mojaroli holatlar yuzasidan izoh berdi.

O‘zbekistonda 30-iyuldan boshlab “temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga naqd pul shaklida yordam mablag‘lari tarqatilmoqda. 1-avgustga o‘tar kechasi ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mablag‘lar tarqatilishidagi ehtimoliy qonun buzilishi holatlari haqida ma’lumotlar tarqala boshladi.

Mavzuga doir: Video: Sergelida aholi va mahalla ma’muriyati o‘rtasida 1 mln so‘mlik naqd pul yordami ustida yuzaga kelgan mojaro

Videolarning biri Toshkent shahar Sergeli tumani “Humo” mahallasida olingan bo‘lib, unda yordam puli masalasida mahalla ahli va ma’muriyat o‘rtasida nizo kelib chiqqanini ko‘rish mumkin.

Videoda aholi vakili mahalla rahbariyatini nogironligi bor shaxsga yordam pulini bermayotganlikda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalla ma’muriyati ehtiyojmandlarga ajratilgan mablag‘ni so‘rab kelganlarga bankdan kredit olishni tavsiya qilgan. Ayni holatga aloqador boshqa bir videoda ichki ishlar xodimlari mahalla ma’muriyati vakillarini aholidan himoya qilishga urinayotgani ko‘rinadi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatiga daxldor ekani aytilayotgan yana bir video tarqalgan. Muallifi ko‘rinmagan videoda kamera ortidan gapirgan shaxs 700 ming so‘m yordam puli olgani, ammo dastlab konvertda 1 mln so‘m bo‘lgani, 300 ming so‘mni tarqatuvchilar ushlab qolganini aytadi.

“700 ming so‘m. Konvertni ochganda haqiqatan ham unda 1 million so‘m bo‘lgan, lekin mahalla va hokimlik vakillari: ‘Agar 300 ming so‘mdan tashlab ketmasalaring, biz keyingi safar pul tarqatilganda sizlarni ro‘yxatdan olib tashlaymiz’, deb qo‘rqitib, 300 ming so‘mdan pullarini olishgan”, — deydi video muallifi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi vakili ushbu holatlar vazirlik rahbariyati tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birga qat’iy nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Farmon bilan belgilangan ehtiyojmand va nochor oilalarga pul mablag‘larini tarqatish masalalarida Xorazm viloyati va Sergeli tumani bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holatlardan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining xabari bor.

Ushbu holatlar vazirlik rahbariyati tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birga qat’iy nazoratga olingan. Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Barcha holatlar o‘rganilmoqda.

Qonun buzilishi holatlari tasdiqlanadigan bo‘lsa, aybdorlarga nisbatan albatta o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘riladi.

Ahror G‘ulomov, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют