» » O‘zbekistonda 2-avgust kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, tog‘li hududlarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda 2-avgust kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, tog‘li hududlarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin


O‘zbekiston “Gidrometeorologiya” xizmati markazi 2-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, respublika tog‘ oldi va tog‘ hududlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют