» » Bloomberg: Microsoft kompaniyasi TikTok servisini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda

Bloomberg: Microsoft kompaniyasi TikTok servisini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda


Microsoft Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok servisini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Microsoft va TikTok egalari o‘rtasidagi muzokaralar hozirda qaysi bosqichda ekanligi noma’lum. Kompaniya vakillari vaziyatga izoh berishdan bosh tortgan.

Bloomberg’ning yozishicha, agarda Microsoft TikTok’ni xarid qilsa, u AQSh hukumati tomonidan tekshiruvdan o‘tkaziladi. So‘nggi yillarda Xorijiy investitsiyalar qo‘mitasi (CFIUS) — idoralararo hukumat komissiyasi — milliy xavfsizlikka potensial tahdid solishi mumkin bo‘lgan bitimlarni diqqat bilan tekshirmoqda.

Nashr TikTok’ning xarid qilinish ehtimolligini Microsoft uchun “ulkan yutuq” deb atagan. Ilova hozirga qadar 2 milliard marotabadan ortiq yuklab olingan.

Avvalroq Tramp administratsiyasi ushbu videoservisni AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkinligida ayblagandi. Trampning o‘zi esa AQShda TikTok butunlay taqiqlanishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, ByteDance TikTok’ni 2017-yilda xarid qilgan Musical.ly karaoke-ilovasi bazasida yaratgan. TikTok qisqa musiqiy video yaratishga, jonli efirlarni amalga oshirishga va xabar almashishga imkon beruvchi ijtimoiy tarmoq servisi hisoblanadi.

Avvalroq investorlar TikTok servisini 50 milliard dollarga baholagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют