» » O‘zbekistonda o‘rta ta’lim qanday o‘zgarishlarga uchraydi?

O‘zbekistonda o‘rta ta’lim qanday o‘zgarishlarga uchraydi?


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Toshkentdagi Milliy matbuot markazida  “Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan 4-yo‘nalishi bo‘yicha xalq ta’limi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Vazirlik umumiy o‘rta ta’lim tizimiga joriy qilinayotgan o‘zgarishlar haqida gapirib berdi. Ushbu yangiliklar Harakatlar strategiyasidagi vazifalardan kelib chiqqan hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli hamda  2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari bilan tasdiqlangan.

“Gazeta.uz” yozishicha, majburiy ta’lim uchun 18 ta umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha davlat standartlari (“9+3” sxemasi bo‘yicha) endi ta’limning uzluksiz bo‘lishini ko‘zda tutadi.

I-IV sinf o‘quvchilarida axborot texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlar hosil bo‘lishi uchun matematika darsi dasturiga dasturlash asoslari kiritiladi.

“Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani “Informatika va axborot texnologiyalari” deb qayta nomlanadi. “Mehnat ta’limi” endi “Texnologiyalar” deb nomalanadi va kengaytirilgan yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Bolalarda kichik yoshdan mantiqiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida “Jismoniy tarbiya” fani bo‘yicha standart shaxmat o‘ynashni o‘rgatishni ko‘zda tutuvchi me’yor bilan to‘ldirildi.

Takomillashtirilgan standartlar 2017—2021-yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 12:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют