» » Samarqandda ariq ustidagi temir panjara orasiga oyog‘i kirib qolgan 9 yoshli qiz qutqarib olindi (video)

Samarqandda ariq ustidagi temir panjara orasiga oyog‘i kirib qolgan 9 yoshli qiz qutqarib olindi (video)


Samarqand shahrida oyog‘i ariqdagi panjara orasiga kirib qolgan 9 yoshli qizaloq FVB xodimlari tomonidan qutqarib olindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, 31-iyul kuni soat 15:35da Samarqand shahri Ozod-Sharq ko‘chasidagi ariq ustiga o‘rnatilgan temir panjaraning orasiga 2011-yilda tug‘ilgan J.R.ning o‘ng oyog‘i kirib, siqilib qolgani haqida shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida temir panjara orasidagi qizaloq chiqarib olingan va ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan.

2020-yil 2-iyulda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida to‘rt qavatli uyning to‘rtinchi qavatidagi xona eshigi qulflanib qolishi oqibatida uyda qolib ketgan 4 va 2 yoshli bola Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan sog‘-salomat olib tushilgani, 7-iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida taqiqlangan joyda cho‘milib, suvda oqqan bola Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi tomonidan qutqarilgani, u bilan birga cho‘milgan mast erkak oqib ketgani, 26-iyulda esa Toshkent viloyatida 6 metrli quduq ichida qolib ketgan ikki kishi qutqarib olingani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют