» » Redmi K30 Ultra’ning texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi

Redmi K30 Ultra’ning texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi


Xiaomi kompaniyasi Redmi K30 Pro flagmanining hamyonbop versiyasiga aylanishi kutilayotgan yangi Redmi K30 Ultra smartfonini taqdimotga tayyorlamoqda. Yangi qurilma taqdim etilishidan oldin TENAA regulyatori uning surati va to‘liq texnik tavsifini e’lon qildi, deb yozadi GSM Arena.

K30 Ultra’ning K30 Pro’dan asosiy farqi yangi platformaga o‘tilganida. Smartfon MediaTek Dimensity 1000+ protsessori bazasida ishlaydi. Yangi chipset 7 nanometrli arxitekturada yaratilgan va Cortex-A77 hamda Cortex-A55’larining har biridan to‘rt yadroga ega.

Qurilma tezkor xotirasi 6/8/12 gigabayt, ichki xotirasi esa 128/256/512 gigabayt versiyalarda taqdim etiladi. Akkumulyator sig‘imi 4500 mA/soatga teng bo‘lib, 33 vattli tezkor quvvatlanishga ham ega bo‘ladi.

K30 Ultra orqa tomoniga kvadrokamera joylashtirilgan bo‘lib, asosiy sensor 64 megapiksellga teng. Aftidan kamera Redmi K30 Pro modulidan farq qilmaydi, shu sababli qolgan sensorlar — 8, 13 va 2 megapikselli bo‘ladi. Frontal kamera esa 20 megapiksellga teng bo‘lib, sirg‘aluvchi mexanizmga yashirilgan.

Yangi smartfon taqdimoti 14-avgust kuniga mo‘ljallangan. Hozircha Redmi K30 Ultra narxi oshkor qilinmagan. Ta’kidlanishicha, K30 Ultra bilan birga Redmi Watch “aqlli” soatlari ham taqdim etiladi.

Avvalroq Xiaomi qurilma ekrani o‘z korpusi atrofida deyarli to‘liq “aylanadigan” noodatiy dizaynga ega yangi smartfon yaratish ustida ish boshlagani, ichiga naushniklar o‘rnatiladigan smartfonni patentlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Internetda Xiaomi Mi Mix 2020 flagmanining suratlari paydo bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют