» » “Arsenal” Angliya Kubogi finalida “Chelsi”ni mag‘lub etib, Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi

“Arsenal” Angliya Kubogi finalida “Chelsi”ni mag‘lub etib, Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi


Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi finalida “Arsenal” va “Chelsi” jamoalari 1-avgust, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv debyutida “ko‘klar” Kristian Pulishichning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bo‘lim o‘rtalariga kelib “Arsenal” futbolchilari penalti ishlab oldi. 11 metrlik jarima zarbasini Pyer-Emerik Obameyang golga aylantirdi.

67-daqiqada nominal mezbonlarning tezkor qarshi hujumini Obameyang muvaffaqiyatli yakunlab, dublni rasmiylashtirdi. Buning ustida 73-daqiqada “Chelsi” Mateo Kovachichning chetlatilishidan keyin kamchilik qoldi. Qolgan vaqtda ushbu hisob o‘zgarmay qoldi.

Bu “kanonirlar” uchun Angliya Kubogidagi 14-g‘oliblik bo‘ldi.

Shu tariqa “Arsenal” Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan holda Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. Premyer Ligada 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Vulverhempton” esa Yevrokuboklarsiz qoldi.

Angliya Kubogi

Final bahsi

1-avgust, shanba

Gollar: 0:1 – 5 Pulishich, 1:1 – 28, penalti Obameyang, 2:1 – 67 Obameyang.

“Arsenal”: Martines, Belyerin, Holding, Tirni (Kolashinats, 90), Meytlend-Naylz, Jaka, Sebalyos, Pepe, David Luiz (Papastatopulos, 88), Obameyang, Lyakazett (Nketia, 82).

“Chelsi”: Kabalyero, Alonso, Zuma, Aspilikueta (Kristensen, 35), Jeyms, Pulishich (Pedro, 49), Kovachich, Maunt (Barkli, 78), Jorjinyo, Ryudiger (Hadson-Odoi, 78), Jiru (Abraham, 78).

Ogohlantirishlar: Kovachich (14), Aspilikueta (26), Maunt (45), Sebalos (73), Ryudiger (75), Barkli (89).

Chetlatish: Kovachich (73).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют