» » Tramp TikTok’ni AQSh hududida taqiqlamoqchi ekanligini ma’lum qildi

Tramp TikTok’ni AQSh hududida taqiqlamoqchi ekanligini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok ijtimoiy tarmog‘ini mamlakat hududida taqiqlash niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u bu boradagi tegishli qarorni qabul qilishi mumkin — masalan, ijroiya buyrug‘ini chiqarish yoki favqulodda iqtisodiy vakolatlardan foydalanish.

Shuningdek, Tramp biror-bir Amerika kompaniyasining TikTok’ni sotib olishini qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidlagan.

Ta’kidlanishicha, hozirda Trampning taqiq o‘rtanishga vakolati yetish yoki yetmasligi, u qanchalik tez amalga oshirilishi hamda bunga qarshi qanday chora ko‘rilishi mumkinligi noma’lum.

Avvalroq Microsoft Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok servisini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Reuters’ning ma’lum qilishicha, ByteDance TikTok’ning Amerika bo‘linmasidagi barcha ulushini Microsoft’ga sotishga rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oxirlarida investorlar TikTok servisini 50 milliard dollarga baholagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют