» » “Bolalar yaqinlari hamrohligida namoz o‘qish uchun erkin kelib-ketishlari mumkin”. IIV karantindan so‘ng masjidlarda namoz o‘qish uchun hech qanday cheklov bo‘lmasligini ma’lum qildi

“Bolalar yaqinlari hamrohligida namoz o‘qish uchun erkin kelib-ketishlari mumkin”. IIV karantindan so‘ng masjidlarda namoz o‘qish uchun hech qanday cheklov bo‘lmasligini ma’lum qildi


Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng mamlakatdagi barcha masjidlarda fuqarolarning hech qanday cheklovlarsiz namozlarni ado etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ma’lum qildi.

“Albatta, dunyo miqyosida kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekistonda ham boshqa davlatlardagi kabi namozlarni masjidlarda jamoa bilan o‘qishda cheklovlar joriy qilindi. Bu cheklovlarning barchasi vaqtincha o‘rnatilgan bo‘lib, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishi xavfi kamayishi bilan ularni bosqichma-bosqich yechish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng O‘zbekistondagi barcha masjidlarda fuqarolarning hech qanday cheklovlarsiz namozlarini jamoa bilan ado etishlari uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanadi”, — deyiladi IIV xabarida.

Shu o‘rinda Ichki ishlar vazirligi masjidlarga voyaga yetmagan fuqarolar va bolalarning o‘z ota, aka-uka va yaqin qarindoshlari hamrohligida namoz o‘qish uchun erkin kelib-ketishlari mumkinligini eslatib, bunga qonunchilikda hech qanday taqiqlar mavjud emasligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Qayd etilishicha, vazirlik fuqarolarning din erkinligi sohasidagi huquqlarini himoya qilishda hamda ushbu yo‘nalishda biror bir qonunga zid to‘siqlar va sun’iy cheklovlar o‘rnatilishiga qarshi kurashishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan e’tiboran 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilgan edi. Keyinroq Maxsus komissiyaning 26-iyuldagi qaror bilan karantin cheklovlari 15-avgustga qadar uzaytirilgan.

Mavzuga doir: “Karantinning yana qat’iylashganiga to‘g‘ri baho berib, bunga amal qilaylik”. Muftiy Usmonxon Alimov o‘zbekistonliklarga murojaat qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют