» » Chiro Immobile “Oltin butsa”ga ega chiqdi. U Levandovski va Ronalduni ortda qoldirdi

Chiro Immobile “Oltin butsa”ga ega chiqdi. U Levandovski va Ronalduni ortda qoldirdi


“Latsio” hujumchisi Chiro Immobile 2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Italiyalik futbolchi A Seriya joriy mavsumida 36 ta gol urdi va faoliyatidagi ilk “Oltin butsa”ga ega chiqdi.

“Oltin butsa”—2019/20 sovriniga da’vogarlar:

Reytingda ochkolarni hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi: futbolchining mavsum davomida urgan gollari soni chempionat koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. Top-5 ligalar (Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya) koeffitsiyenti ikkiga teng. UEFA reytingida 6—21-o‘rinlardagi ligalar — 1,5. Qolgan ligalar esa 1 koeffitsiyentga ega.

Rivaldodan Suaresgacha. “Barselona” futbolchilari tomonidan urilgan akrobatik usuldagi top-5 gol (video)

“Oltin butsa” sovrini 1968-yildan buyon topshirib kelinadi. Lionel Messi ushbu sovrinni eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi hisoblanadi — olti marta. Keyingi o‘rindagi Krishtianu Ronalduda esa to‘rtta “Oltin butsa” mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют