» » Chiro Immobile A Seriyada Gonsalo Iguainning rekordini takrorladi

Chiro Immobile A Seriyada Gonsalo Iguainning rekordini takrorladi


Rimning “Latsio” klubi hujumchisi Chiro Immobile Italiya A Seriyaning 38-turidan o‘rin olgan “Napoli”ga qarshi o‘yinda (1:3) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa italiyalik 30 yoshli futbolchi A Seriyaning 2019/20-yilgi mavsumidagi 36-golini urdi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Gonsalo Iguain tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi. Argentinalik futbolchi 2015/16-yilgi mavsumda “Napoli” safida A Seriyaning bir mavsumida 36 ta gol urgandi.

Qayd etish joiz, Immobile 36 ta goli bilan Yevropada eng yaxshi to‘purarga topshiriladigan “Oltin butsa” sovriniga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, Immobile 2016-yilda “Borussiya Dortmund” klubidan 9,45 million yevro evaziga “Latsio”ga o‘tgan. Ushbu mavsumda u Italiya chempionatining 37 o‘yinida maydonga tushib, 36 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Tavsiya: Rivaldodan Suaresgacha. “Barselona” futbolchilari tomonidan urilgan akrobatik usuldagi top-5 gol (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют