» » Kamqonlikda yordam beradigan mahsulotlar

Kamqonlikda yordam beradigan mahsulotlar


Deyarli barcha ayollar temir tanqisligini boshdan kechiradi. Uni o‘z vaqtida to‘ldirish zarur. Temir – tananing normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan eng muhim elementlardan biridir. U kislorodni mushaklar va miyaga yetkazib beradi.

Ayollar kuniga 18 mg, homilador ayollar esa 27 mg temir moddasini qabul qilishi kerak. Eng oson yo‘li – uni oziq-ovqat mahsulotlaridan olishdir. Biz sizga temir moddasiga boy 9 ta mahsulotni tavsiya qilamiz.

Mol go‘shti

Qizil go‘shtni birinchi navbatda, xolesterin tufayli tark etmaslik kerak. Masalan, mol tili nafaqat temir, balki vitamin B12, shuningdek, selen moddasini ham o‘z ichiga oladi. Haftasiga kamida bir marta mol go‘shti iste’mol qiling.

Tovuq sonlari

Qizil parranda go‘shtidagi temir moddasi tanaga oson singadi. Tovuqning eng foydali qismi oq go‘shti hisoblansa-da, qizilini ham e’tiborsiz qoldirmang.

Quritilgan o‘rik

Bu yorqin rangli quritilgan mevalarning atigi yarim stakanida 2 mg temir va 160 kaloriya bor. Bundan tashqari, quritilgan o‘rik tarkibida S vitaminiga boy va saraton rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi antioksidantlar mavjud. Faqat shakar shirasisiz tayyorlangan quritilgan mevalarni tanlang.

Yasmiq

Agar siz vegetarian parhezida bo‘lsangiz, taomnomangizdagi temir tarkibini kuzatib borishingiz zarur va bunda yasmiq sizning yordamchingiz bo‘ladi. Bir bo‘lak yasmiq tarkibida mol go‘shtida bo‘lganidek 3 mg temir mavjud.

Chia urug‘lari

Ushbu kichik urug‘larni har kuni yeyish foydali. Chia tarkibida omega-3 kislotalari ko‘p bo‘lib, ular yurak-qon tomirlari uchun juda muhim. Shuningdek, ular tarkibida kalsiy, magniy, fosfor va temir mavjud.

Kaju (hind yong‘og‘i)

Yong‘oqlar quritilgan mevalar kabi har kuni shokoladli pishiriqlar bilan birga iste’mol qilishga arziydi. Kaju yong‘oqlari to‘yinmagan yog‘, oqsillar va temirga boy.

Loviya

Tez-tez iste’mol qilinadigan juda foydali dukkakli mahsulotlardan biri. Uning tarkibida foliy kislotasi hamda temir moddasi mavjud.

Qovoq urug‘i

Nafaqat mazali, balki juda foydali qovoq urug‘ida 4,5 mg temir bor. Shuningdek, kalsiy, oqsil, va rux moddasi ham mavjudki, bu yurak uchun juda foydali.

Qora shokolad

Kuniga uch yoki to‘rt bo‘lak shokolad iste’mol qilish zarur. Foydali antioksidantlarga boy, saraton rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi qora shokolad temir tanqisligiga yo‘l qo‘ymaydi. Faqat shakarsiz va tarkibida kakao yuqori bo‘lgan shokoladni tanlang!

Mavzuga doir: Tarkibida siz o‘ylagandan ham ko‘p shakar bo‘lgan 10 mahsulot



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют