» » “Rostov” va SSKA qishda Oston O‘runovni sotib olishni istamagani ma’lum bo‘ldi

“Rostov” va SSKA qishda Oston O‘runovni sotib olishni istamagani ma’lum bo‘ldi


“Match-TV” sharhlovchisi va rossiyalik insayder Nobel Arustamyan qishda RPLning bir qator klublari Oston O‘runovni sotib olishni istamagani haqida gapirdi.

“Hozirda barcha o‘zbekistonlik Oston O‘runovni muhokama qilmoqda. Kim uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamaydi deysiz: SSKA, “Spartak”, “Dinamo”, “Rubin”.

U qishda “Ufa” keldi. Unining transferi uchun 200 ming dollar yoki yevro to‘landi. Uni bir qator jamoalarga taklif qilishganini bilaman. “Rostov” rad etdi, SSKA xohlamadi. Olishmadi, qiziq emas deb hisoblashdi”, — deydi Arustamyan.

Oston O‘runov faoliyatini Moskvaning “Spartak” jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi. Moskvaliklar uning transferi 2 million yevro sarflashi, Ostonning maoshi esa yiliga 600 ming yevro bo‘lishi xabar qilingandi.

Mavzuga doir:

“Ufa” Oston O‘runovni 2020-yilning fevral oyida o‘z safiga qo‘shib olgan. O‘runov Rossiya Premyer Ligasida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi.

Oston O‘runov kecha paydo bo‘lib qolgan futbolchi emas. Bunga ushbu video orqali guvoh bo‘lishingiz mumkin (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют