» » Ko‘rish bilan bog‘liq muammolardan dalolat beruvchi alomatlar

Ko‘rish bilan bog‘liq muammolardan dalolat beruvchi alomatlar


JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda bir yarim milliard kishi ko‘rish qobiliyatining biror-bir turidan aziyat chekadi. Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish qo‘rquvi eng ko‘p uchraydigan fobiyalar beshligida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Bizning eng katta kamchiligimiz — oftalmologga muntazam ravishda ko‘zimizni tekshirtirmasligimizdadeb yozadi “Domashniy ochag”.

Ko‘rish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmasangiz-da, shifokorlar yilda bir marta ko‘zni profilaktik tekshiruvdan o‘tkazishni maslahat beradi. Negaki oftalmolog ko‘z bilan bog‘liq bo‘lmagan xavfli kasalliklarning dastlabki belgilarini aniqlay oladi. Masalan, diabet, yurak kasalligi, saraton va skleroz. Agar ko‘zingizdagi ko‘rish yoki noqulaylikning har qanday belgilarini sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Ba’zida kasalliklar bo‘ron tezligida rivojlanadi.

Kechasi mashina haydaganda ko‘zning yaxshi ko‘rmasligi

Ko‘zingizga e’tibor berishingiz kerak bo‘lgan eng aniq belgi – qorong‘ida mashina haydashdagi qiyinchilik. Bu ko‘rish belgisining buzilishi bo‘lishi mumkin. Masalan, yosh bilan bog‘liq giperopiya yoki katarakta. Agarda sizda tungi yorug‘lik ostida belgilarni ajratish muammosi paydo bo‘lsa, tezda shifokorga murojaat qiling.

Bir ko‘zda ko‘rishning keskin yomonlashuvi

Agar bemor 60 yoshdan oshgan yoki unda gipertoniya, qandli diabet kasalligi bo‘lsa, bu ayniqsa xavflidir. Bunday holat, ya’ni bir tomonlama ko‘rishning keskin yomonlashuvi yurak-qon tomir tizimida jiddiy buzilishlarning belgisi bo‘lishi ham mumkin.

Ko‘z oldida qora dog‘lar paydo bo‘lishi

50 yoshdan keyin bu alomat makula distrofiyasini ko‘rsatadi. Agar o‘z vaqtida murojaat qilmasangiz, ko‘rish qobiliyatingizni butunlay yo‘qotishingiz mumkin.

Kechqurun ko‘rishning yaxshilanishi

Agar siz kechqurun kunduzgidan yaxshiroq ko‘rayotgan bo‘lsangiz, bu rivojlanayotgan katarakta bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rlikning eng tarqalgan sabablaridan biri.

Qizil yoki pushti ko‘zlar

Allergiya, konyunktivit va hatto glaukoma – bu kasalliklarning barchasi ko‘zingiz va qovoqlaringizni qizil rangga aylantiradi. Agar qizarish ikki kun yoki undan ko‘p vaqt ichida ketmasa, darhol oftalmolog bilan bog‘lanish zarur.

Nurga nisbatan sezgirlik

Agarda o‘ta yorug‘lik sizga noqulaylik va hatto og‘riq keltira boshlasa, shifokorga tashrifni kechiktirmang. Bu yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar o‘z vaqtida chora ko‘rilmasa, skar shakllanishi boshlanadi va ko‘rish qobiliyatiga zarar yetkazadi. Bundan tashqari, nurga yuqori sezuvchanlik virusli kasallik, allergiya yoki migren alomati ham bo‘lishi mumkin.

Ko‘rishning xiralashishi

Ko‘rishning ravshan bo‘lmasligiga ko‘plab sabablar mavjud. Ularning barchasi jiddiy muammolarga ishora qiladi. Yechim ham boshqacha bo‘lishi mumkin. Tomchilardan tortib jarrohlikkacha, ammo buni shifokor buyurishi kerak.

Ko‘zda og‘riqning paydo bo‘lishi

Infeksiya, jarohat, quruq ko‘z, allergiya va hatto glaukoma – faqat ko‘zda og‘riq paydo bo‘lishidagi ba’zi sabablar. Ammo muhim bir qoida mavjudki, agarda siz ko‘z sohasida ozgina og‘riq sezsangiz ham tezda shifokor bilan maslahatlashing.

Tez-tez bosh og‘rig‘i

Tez-tez yoki juda qattiq bosh og‘rig‘i shifokor bilan maslahatlashish uchun sababdir. Bunday holat paydo bo‘lishining sabablari turli xil, ammo ular orasida ko‘z kasalliklari mavjud. Shuning uchun nevropatolog, balki oftalmolog bilan uchrashish lozim.

Quruq ko‘zlar

Ayollar, ayniqsa, menopauza davrida erkaklarga qaraganda ko‘proq quruq ko‘z sindromiga moyil bo‘ladi. Ma’lum gormonlar ishlab chiqarishning pasayishi shilliq pardalarni quritishi mumkin. Bundan tashqari, quruq ko‘zlar kontakt linzalari yoki quruq havo tufayli ham yuzaga kelishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют