» » Toshkentda koronavirusga chalingan 57 yoshli ayol va 43 yoshli erkak vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 57 yoshli ayol va 43 yoshli erkak vafot etdi


Toshkent shahrida koronavirusga chalingan ikki nafar bemor — poytaxtlik 43 yoshli erkak va 57 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Birinchi qurbon. Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 43 yoshli R.A. ismli erkak 27-iyul kuni og‘ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, stabil stenokardiya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan. Bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ikkinchi qurbon. Poytaxtlik 57 yoshli R.K. ismli ayolda 21-iyul kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan va u shifoxonaga yotqizilgan.

Bemorga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, infeksion toksik shok asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, unda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar ham bo‘lgan.

Ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, infeksion toksik shokdan vafot etgan, deyiladi SSV axborotida.

SSV hisobiga ko‘ra, koronavirus qurbonlari soni 153 nafarga yetdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 161 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют