» » O‘zbekistonda 1 208 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlarning umumiy soni 16 500 nafardan oshdi

O‘zbekistonda 1 208 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlarning umumiy soni 16 500 nafardan oshdi


O‘zbekistonda 2020-yil 2-avgust soat 23:15 holatiga ko‘ra kun davomida 1 208 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan sog‘aydi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabarga ko‘ra tuzalganlarning 678 nafari Toshkent shahrining 20 ta shifoxonasida va uy sharoitida davolangan bemorlar. Shuningdek, Toshkent viloyatida 185 nafar, Samarqand viloyatida 103 nafar, Qashqadaryo viloyatida 102 nafar, Buxoro viloyatida 50 nafar, Andijon viloyatida 35 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar, Sirdaryo viloyatida 11 nafar, Farg‘ona viloyatida 9 nafar, Xorazm viloyatida 2 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi eng yaxshi natija 1-avgust kuni qayd etilgan bo‘lib, shu kuni O‘zbekistonda 835 nafar bemor infeksiyadan tuzalgandi. 7 kundan buyon bu boradagi natijalar yaxshilangani haqida xabar berilmoqda.

O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 16 507 nafarni, sog‘ayish ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil qilmoqda, deyiladi SSV xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют