» » Mayk Tayson: “Oilam jang qilishimga qarshi, ammo ular boks haqida nimani ham bilardi?”

Mayk Tayson: “Oilam jang qilishimga qarshi, ammo ular boks haqida nimani ham bilardi?”


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson oila a’zolari uning Roy Jonsga qarshi jang o‘tkazishiga qarshi chiqayotganini tan oldi.

“Farzandlarim qariganda jim o‘tirishimni xohlamoqda. Ammo ular bu haqida nimani ham bilardi?

Ular qanday urishish kerakligini ham bilmaydi, ularning hech biri o‘zaro jangda menga zarba bera olmaydi”, — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Tayson va 51 yoshli Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang 12-sentabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Roy Jons va Mayk Tayson ishtirokidagi eng sara janglarni tomosha qiling (video)

Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005-yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют