» » Belarus chempionati. Shahboz Umarov to‘liq harakat qilgan bahsda “Energetik-BGU” durang o‘ynadi

Belarus chempionati. Shahboz Umarov to‘liq harakat qilgan bahsda “Energetik-BGU” durang o‘ynadi


Belarus chempionatining 20-turida “Energetik-BGU” 2-avgust, yakshanba kuni “Gorodeya” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 63-daqiqada Yan Senkevich maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Biroq oradan besh daqiqa o‘tib Vasiliy Sovpel hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqtda darvozalar daxlsiz qoldi.

“Energetik-BGU” 30 ochko bilan 6-o‘rinda ketmoqda, “Gorodeya” (20) 13-pog‘onadan joy olgan.

Musobaqa yetakchilaridan biri BATE safarda “Torpedo-Belaz” bilan bahs yuritdi. Gollarga boy bo‘lgan o‘yinda mezbonlar ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarib irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Belarus Oliy Ligasi

20-tur bahslari

2-avgust, yakshanba

Gollar: 1:0 – 63 Sakevich, 1:1 – 68 Sovpel.

“Gorodeya”: Dovgyallo, Yaskovich (Volovich, 12 (Sazonovich, 90)), Shestilovskiy, Garabayev, Ignatenko, Senkevich, Volovik, Pushnyakov, Bayduk, Saichich, Kozel (Arxipov, 82).

“Energetik-BGU”: Lesko, Osnov (Mavatu, 46), Shkurdyuk, Miroshnikov, Sokol, Bashilov, Umarov, Girs, Nosko, Bakich, Musaxanyan (Sovpel, 46).

Ogohlantirishlar: Garabayev (25), Osnov (42), Shestilovskiy (43), Nosko (44), Bayduk (67), Volovich (70).

Gollar: 0:1 – 8 Skavish, 0:2 – 36 Stasevich, 1:2 – 45 Xachaturyan, 2:2 – 59 Gabriel Ramos, 3:2 – 60 Antilevskiy.

Gol: 0:1 – 19 Grechixo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют