» » Qashqadaryoda Cobalt haydovchisi 14 yoshli qiz va uning 3 yoshli jiyanini urib ketdi. Bolalardan biri voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etdi

Qashqadaryoda Cobalt haydovchisi 14 yoshli qiz va uning 3 yoshli jiyanini urib ketdi. Bolalardan biri voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etdi


2020-yil 27-iyul kuni Mirishkor tumani Pomuq shaharchasida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra soat 17:00lar atrofida 1959-yilda tug‘ilgan fuqaro U.Q. boshqaruvidagi Cobalt yuqori tezlikda kelib, ikki nafar: 2006-yilda tug‘ilgan I.D. va 2017-yilda tug‘ilgan Ch.A.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida 14 yoshli I.D. ismli qiz voqea joyida vafot etgan. Uning 3 yoshli o‘g‘il bola jiyani og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan va u yerda hayotdan ko‘z yumgan. Achinarlisi Cobalt urib yuborgan o‘smir qiz 27-iyul kuni 14 yoshni qarshilagan ekan.

Mazkur holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avval Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 13 yoshli G‘.T. ismli bola, Chiroqchi tumanida “DAF XF 105” rusumli yuk avtomashinasi va Orlando to‘qnashuvi tufayli yengil mashina haydovchisi M.M. va yo‘lovchi T.J. voqea joyida vafot etgani,  Qarshi shahrida Сobalt haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan 30 yoshli ayolni urib yuborgani, jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют