» » Namanganda 216,2 million so‘m budjet mablag‘lari ishsizlarga to‘lanmay talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi

Namanganda 216,2 million so‘m budjet mablag‘lari ishsizlarga to‘lanmay talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi


Namangan viloyati Namangan tumanida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida budjet mablag‘larining talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mansabdor shaxslari tomonidan markazga ish so‘rab murojaat qilmagan va ishsizlar ro‘yxatiga kiritilmagan 204 fuqaroning jamoat ishlariga jalb etilgani haqida soxta hujjatlar tuzilgan. Ushbu hujjatlar vositasida 216,2 million so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan markaz mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 1-qismi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, — deyiladi agentlik xabarida.

2020-yil 7-iyulda Toshkentning Sergeli tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun xayriya hisobiga kelib tushgan 95,8 million so‘m mablag‘lar “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgan.

19-iyulda Qashqadaryo sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazida qariyb 918 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

23-iyulda Andijon viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari dezinfeksiyalovchi vositalar xarid qilish jarayonida 159,3 million so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani oydinlashdi. Shuningdek, shu kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82,2 million so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj etilgani aniqlangani xabar qilindi. 27-iyulda Sirdaryo viloyatida Sardoba suv toshqinidan keyin evakuatsiya qilingan aholi uchun mo‘ljallangan nooziq-ovqat mahsulotlarini soxta hujjat orqali talon-toroj qilish holatlari kuzatilgani, jumladan Sardoba tuman Qizil yarim oy jamiyati rahbari nomidan soxta hujjatlar tayyorlanib, 53 million so‘mlik mahsulotlar maxsus ombordan olib chiqilgani va noma’lum shaxslarga sotib yuborilgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют