» » Habibullo Oqilov sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusdan davolanayotgani haqidagi taxminlarni rad etdi

Habibullo Oqilov sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusdan davolanayotgani haqidagi taxminlarni rad etdi


Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha SSV qoshidagi maxsus shtab a’zosi Habibullo Oqilov “Zamon” informatsion dasturidagi chiqishida sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusdan davolanayotgani haqidagi taxminlarni rad etdi.

Foto: “Daryo”

“O‘z oti bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lgandan keyin u yerda biz COVID-19 bilan kasallanganlarni davolamaymiz. Ushbu muassasada yuragida u yoki bu surunkali xastaligi bor odam rejali ravishda bir yilda bir yoki ikki marta, albatta, davolanishi kerak. Shu jumladan vaziri ham.

Bu yerda koronavirus to‘g‘risida gap yo‘q. Men kechayam gaplashdim, bugun ham gaplashdim. Kayfiyatlari yomon emas, yaxshi. Xudo xohlasa 3-4 kun ichida davolanib chiqadilar.

Yurakda yoshga xos bo‘lgan o‘zgarishlar bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar vazirdayam, bizdayam bor. Bunday holatlarda rejali muolajalarni olgandan keyin hammasi iziga tushadi. Alisher Shodmonov ham tez orada biz bilan birga yana faol ishlay boshlaydi deb o‘ylayman”, — deydi Habibulla Oqilov.

Eslatib o‘tamiz, 30-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olayotgani, bemorning ahvoli qoniqarli ekani haqida xabar berilgandi. Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini vaqtincha bajarish bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev zimmasiga yuklangan.

Mavzuga doir: Prezident koronavirusga qarshi kurashni samarali tashkil qilmagani uchun Jahongir Ortiqxo‘jayev va Alisher Shodmonovga hayfsan berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют