» » Namanganda Matiz haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan fuqaroni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Namanganda Matiz haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan fuqaroni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi


Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida Matiz avtomobili velosiped boshqarib kelayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30-iyul kuni Uchqo‘rg‘onda Matiz avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab velosiped boshqarib kelayotgan urib yuborgan.

Natijada velosipedchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay jabrlanuvchi vafot etgan.

Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avval Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 13 yoshli G‘.T. ismli bola, Chiroqchi tumanida DAF XF 105 rusumli yuk avtomashinasi va Orlando to‘qnashuvi tufayli yengil mashina haydovchisi M.M. va yo‘lovchi T.J. voqea joyida vafot etgani,  Qarshi shahrida Сobalt haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan 30 yoshli ayolni urib yuborgani, jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют