» » Ilk ajinlar paydo bolganida yuz terisi parvarishida etibor qaratilishi kerak bolgan jihatlar

Ilk ajinlar paydo bolganida yuz terisi parvarishida etibor qaratilishi kerak bolgan jihatlar


Ayollarning yuzida ajini kopaygani sari vahimasi ham shunga yarasha ortib boraveradi. Lekin bu qaygurishga arzimaydi, hamisha yosh korinishni xohlaydiganlar 30 yoshdan song yuz parvarishiga alohida etibor qaratsa bolgani.

Pardoz-andoz, salomatlik, togri ovatlanish haqida juda kop tavsiyalar mavjud. Ular, albatta, yoshlikda yaxshi natija berishi mumkin. Ammo qarilik belgilari sezila boshlaganda-chi? Cosmopolitan nashri mutaxassisdan ushbu savolga batafsil javob oldi.

Yuzni qattiq tozalashdan voz keching

Hozirda tanadagi olik hujayralardan qutulishning bir qancha usullari mavjud. Zamonaviy yosharish usuli pilingdan foydalanishingiz mumkin. Masalan, skrablar tarkibida mavjud qattiq moddalar qarish holatiga otayotgan yuz terisini zararlaydi. Shuning uchun skrablardan foydalansangiz tarkibida yuzga botuvchi moddalarsiz vositalarni tanlang.

Kollagen miqdorini kopaytiruvchi krem tanlang

Yosh otib borgan sari asosiy muammo teri kollagen ishlab chiqarishda sustlashadi. Shuning uchun ham ajinlar paydo bolmasligi uchun qarishga qarshi kremlardan foydalanish kerak, shundagina kollagen miqdori ortib, ajinlarni haydashga yordam beradi. Oddiy namlantiruvchi Quruq terilar uchun yoki Normal terilar uchun kremlari endi siz uchun emas, kollagen ishlab chiqaruvchi kremlar esa foyda keltirishi tabiiy.

Zardobdan foydalaning

Zardob moddalarga toyingan mahsulot. Oddiy kremlardan farqli jihati shuki, u bir qancha faol moddalarni oz ichiga oladi. U haqiqiy foydali qismlarning kokteyli, tasiri ham shunga yarasha. Agar undan sira ham foydalanmagan bolsangiz, unda taomnomangizga qoshishning ayni vaqti.

Boyin sohasini unutmang

Aytingchi, siz kremdan foydalanganingizda aynan qaysi joyga koproq etibor qaratasiz? Faqat yuz va boyinning tepa qismimi? Afsuski, kopchilik ayollarning ham xatosi shunda. Ammo ayollar boyinning pasti hamda koksi tekis va tarang bolishini istaydi. Buning uchun parvarish borasida saxiy bolmoq kerak. Yuz uchun qarishga qarshi foydalanayotgan kremdan aynan boyin atrofiga ham surting. Chunki badan uchun moljallangan losyon hech qanday yoshartiruvchi xususiyatga ega emas.

Limfotugunlarni uqalang

Umid qilamizki, qachonlardir yuzingizni kosmetologlarga ishonib topshirasiz va professional parvarishni unutmaysiz. Shuni ham yodda tuting, ayollar 35 yoshdan song har 6 oyda bir marotaba limfotugunlarni uqalatishi zarur. Shu orqali tanada qon aylanishi yaxshilanadi, terining elastikligi oshadi va organizmda qarish jarayoni sekinlashadi. Kundalik rejangizni ushbu tavsiyani ham kiritib qoying, amal qilish esingizdan chiqmasin.

Haftada ikki marotaba yuz uchun niqob tayyorlang

Siz faqat zarurat tugilgandagina yuz uchun niqob tayyorlashga organib qolganmisiz? Unday bolsa, bu ishingiz notogri. Aslida haftada bir marotaba yuzni niqob bilan oziqlantirish meyor hisoblanadi. Masalan, A va E vitaminlari bilan oziqlantiruvchi niqob juda foydali, shuningdek, qarishga qarshi intensive niqobdan ham foydalaning. Tarkibida kollagen, elatstin, B vitaminlari va gialuron kislotasi borligiga ahamiyat bering.

Pardozni gidrofilik moy bilan tozalang

Yuz qismida eng nozik teri koz atrofi hisoblanadi. Aynan ayollar pardozini yuvishda eng kop zarar beradigan joy ham shu. Tush qoldiqlarini sovun bilan yuvib ketkazishga urinmang. Maxsus moylar bilan tozalang. Pardozni yuvishda gidrofilik moy, keyin esa iliq suvda yuving. Yana bir yaxshi variant zardob. Uning tarkibida ham yog mavjud, teri qurimaydi. Ajinlar paydo bolishining sababi pardozni tozalashda teri qizarguncha ishqalayverishdir.

Taomnomangizga sabzavot sharbatini qoshing

Haqiqiy gozallik ichki gozallik ekanidan barchaning xabari bor. Terining yosh korinishiga yordam bermoqchi bolgan ayollar eng avvalo, ishni taomnoma tuzishdan boshlashi kerak. Kundalik ovqatlarni tamoman emas, qisman ozgartirish, vitaminga boy kokteyl ichishingiz kerak boladi. Kokat, yangi karam sharbati tarkibida elastiklikni saqlashga yordam beruvchi moddalar mavjud.

Qollaringizga ahamiyat bering

Eng qizigi shundaki, ayol kishining yuzi qancha yosh korinsa-da, qollar barchasini sotib qoyadi. Qol terisini ham parvarish qilish uchun maxsus kremlardan foydalanish hamda ratsionni qaytadan tuzib chiqish zarur.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (3-08-2020, 14:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 36) ( 3)
:
-
:
20 ... -